Web sohasida, blok tushunchasi juda kerakli termin hisoblanadi, saytning barcha brauzerlarda bir xilda ochilishi, rasm va yozuvlarni o‘ylaganingizdek namoyon bo‘lishi aynan blok holatiga bog‘liq. Bu maqoladan boshlab, blokga tegishli stillar xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Dastlab, umumiy blok nimaligini bilib olamiz.

Blok bu — ma’lum bir chegaraga ega bo‘lgan va alohida qism sifatida  qaraladigan ma’lum bir axborotni o‘zida saqlaydigan joydir.

HTML gippermatn tilini oladigan bo‘lsak, u yerda ham blok va qator elementlari tushunchasi bor. Blokli elementlar, alohida strukturaga ega bo‘lib, to‘rtburchak chegaraga bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ikkita blokli elementni bir qatorga joylashtirib bo‘lmaydi. HTML gippermatn tilida blokli elementga misol qilib, «H1…H6«, «P» va «DIV» teglarini olish mumkin. Har safar bu teglarni ishlatganda, brauzer har biri uchun alohida qator ajratib beradi.

Qatorli elementlarga esa, «strong«, «em«, «i» kabi teglarni misol qilish mumkin. Bu teglardan bir qatorda bemalol foydalansa bo‘ladi.

CSS stillar texnologiyasida ham blok tushunchasi mavjud va u ham o‘z strukturasiga va to‘rtburchak chegarasiga ega. Strukturali blok ichida qatorli blok ham bo‘lishi mumkin(blok ichidagi yozuvlar), qatorli blok yozuv ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin, to‘g‘riroq etadigan bo‘lsak, strukturali blok ichida ob’yektli blok bo‘lishi mumkin. YUqoridagi nazariy ma’lumotlarni quyida bitta rasm orqali tushunish mumkin.

9css_1

 Bloklarning o‘z xususiyatlari bor, misol uchun, blok uzunligi(width), blok balandligi(height), chegarasi(border),…

Har bir blok qandaydir tashkil etuvchilardan iborat bo‘lishi shart, ya’ni yozuv, rasm yoki boshqa axborot. Blokning bu qismi kontent deb yuritiladi. Misol uchun «P» tegi uchun kontent yozuv hisoblanadi.

Blok atrofida qandaydir boshqa blok yoki ob’yektlar bo‘lishi mumkin, blokdan ulargacha bo‘lgan masofaga «margin» kalit so‘zi javob beradi.

Blok ajralib turishi uchun, uning chegarasi bo‘lishi lozim, bu chegaraga «border» javob beradi.

YUqoridagilardan tashqari blokning ichki bo‘sh oralig‘i bo‘lishi mumkin, ya’ni blokdan blok chegarasigacha bo‘lgan masofa, bu masofaga «padding» kalit so‘zi javob beradi.

Keyingi maqolalarda blokning shu xususiyatlarini birma-bir ko‘rib chiqamiz, bu maqolani blok tushunchasiga ta’rif sifatida qabul qilasiz.