HTML 4 gippermatn tilining asosiy teglari bilan oldingi maqolalarda tanishib chiqdik, bu mavzu to‘liq bo‘lishi uchun yana bir nechta oddiy teglarni ko‘rib chiqishimiz lozim. Bu teglarni va ularning attributlarini qisqa-qisqa misollar orqali ko‘rsatib o‘taman, umumiy bitta kod yaratmayman.

1. <blink>…</blink> — veb brauzerda, bu teg orasida yozilgan matnni bir bor, bir yo‘q(мигание текста) ko‘rinishida namoyon qiladi. Tegning attributlari mavjud emas.

<font color=»red»><blink>Diqqat Diqqat!</blink></font>

2. <div>…</div> — Blokli teg hisoblanadi. Bu teg orqali veb sahifani strukturalari qilinadi. Asosan stillar(CSS) bilan birga ishlatiladi, aks holda unchalik foyda bermaydi. Teg ichidagi barcha teg va yozuvlar bitta blok hisoblanadi. Attributlari:

align — blokni tekislash, qiymatlari: center, left, right, justify.

title — blokka sichqoncha oborilsa, yordam sifatida yozuv chiqadi.

Misolni «div» tegi tushunarli bo‘lishi uchun, CSS stillar orqali ko‘rsataman. Stil kodlarini tushunmasligingiz mumkin, lekin tegni yaqqol ko‘rasiz.

<!DOCTYPE HTML PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01//EN" "http://www.w3.org/TR/html4/strict.dtd">
<html>
 <head>
  <meta charset="utf-8">
  <title>Teg DIV</title>
  <style type="text/css">
   .block1 {
    width: 200px;
    background: #ccc;
    padding: 5px;
    padding-right: 20px;
    border: solid 1px black;
    float: left;
   }
   .block2 {
    width: 200px;
    background: #fc0;
    padding: 5px;
    border: solid 1px black;
    float: left;
    position: relative;
    top: 40px;
    left: -70px;
   }
  </style>
 </head>
 <body>
   <div class="block1">Assalom! It haqida ajoyib va qiziqarli yagona sayt! Tas-IX hududida.</div>
  <div class="block2">AkmX.</div>
 </body>
</html>

HTML181

3. <label>…</label> — metka orqali bog‘lashni amalga oshirib beradi. Odatda, yozuv bilan biror forma elementini bog‘laydi, shunda yozuv bosilsa, ma’lum bir forma elementi belgilanadi. Undan tashqari forma elementini klaviatura tugmalariga ham bog‘lash mumkin. Attributlari:

accesskey — kerakli tugma yoziladi va oldingi maqolalarda yozganimdek, har xil brauzerlarda har xil ishlaydi.

for — qaytarilmaydigan ism beriladi va shu ism orqali bog‘lanish amalga oshiriladi.

Misol ko‘ramiz,

<html>
 <head>
 <title>LABEL</title>
 </head>
 <body>
  <form action="handler.php">
   <p><b>Manchester United!</b></p>
   <p><input type="checkbox" id="check1"><label for="check1">Eric Contana</label><br>
   <input type="checkbox" id="check2"><label for="check2">Roy Kean</label><br>
   <input type="checkbox" id="check3"><label for="check3">David Beckham</label><br>
   <input type="checkbox" id="check4">Adnan Januzay</p>
  </form>
 </body>
</html>

HTML182

Agar «Contana«, «Kean«, «Beckham» yozuvlariga sichqonchani bossangiz, «checkbox» belgilanadi, chunki yozuv bilan element «label» orqali bog‘langan. Agar «Januzay» ismini bossangiz, belgilanmayli, chunki bu nom bilan element bog‘lanmagan.

Bu maqola HTML4 teglarigi yakun yasab beradi, biz 18 ta dars orqali barcha teglarni ko‘rib chiqishga muyassar bo‘ldik. Keyinchalik, HTML5 teglari bilan tanishtirib o‘tishga harakat qilaman. Demak, HTML4 haqidagi mavzu to‘liq bo‘ldi.