Oldingi maqolada bir o‘lchamli massivlar haqida gaplashib o‘tdik, endi ko‘p o‘lchamli massivlarni ko‘rib chiqamiz. Ko‘p o‘lchamli massivlar ikki o‘lchamli, uch o‘lchamli, to‘rt o‘lchamli vahakazo bo‘lishi mumkin. Odatda, ko‘p o‘lchamli massivlarning ikki o‘lchamliligi ishlatiladi, shuning uchun bu maqola ikki o‘lchamli massivlarga bag‘ishlanadi.

Ikki o‘lchamli massiv bu matritsa hisoblanib, ustun va qatorlardan iborat bo‘ladi. Ustun va qatorlarning kesishgan joyida massiv elementlari joylashgan bo‘ladi. Keling bir o‘lchamli massivni rasmda ifodalaylik.

massiv_1

Har bir yacheyka alohida o‘zgaruvchidir, bu tip massivga misol ko‘ramiz.

class test{
public static void main(String args[]) {
int odn_mas[]= {21,26,122,24,31,45,32};
int rez;
rez = (odn_mas[2]);
System.out.println (rez);
}
}

Bir o‘lchamli massiv yaratilmoqda va bu massivning uchinchi elementini «rez» nomli o‘zgaruvchiga berilmoqda. Javob, 122 dan iborat bo‘ladi.

Endi, ikki o‘lchamli massivni ko‘rib chiqamiz, bu tip massiv rasmda quyidagicha bo‘ladi, ya’ni matritsa ko‘rinishida.

massiv_2

Ko‘rinib turibdiki, massiv ustun va qatorlardan iborat  ekan. Massiv o‘lchami 6*7 ko‘rinishida deyiladi. Bu massiv 43 ta elementdan iborat bo‘lib, 6 qator va 7 ustundan tashkil topgan. Bu massivni quyidagicha e’lon qilamiz.

int mas[][] = new int[6][7] ;

Bunday massivni e’lon qilish uchun, 2 ta indeksdan foydalanilmoqda: chap tomondagi indeks qatorni, o‘ng tomondagi indeks esa ustunni ko‘rsatmoqda, misol ko‘ramiz.

class test{
public static void main(String args[]) {
int kup_mas[][]= new int[6][7];
kup_mas[3][2]=122;
int rez;
rez = (kup_mas[3][2]);
System.out.println (rez);
}
}

Natija 122. Demak, ikki o‘lchamli, 6 ta qator va 7 ta ustundan iborat «kup_mas» nomli massiv yaratilmoqda. Keyin, to‘rtinchi qator, uchinchi ustuniga «122» raqami yozilmoqda va shu element «rez» nomli o‘zgaruvchiga yozilib, ekranga chiqarilmoqda. Bir o‘lchamli massiv kabi, ikki o‘lchamli massivda ham indekslar «0«dan boshlanadi. Misol unchalik chiroyli emas, lekin massiv elementlariga murojaatni shu sodda misolda tushunish oson.

Ikki o‘lchamli massivda ham, qiymatlarni e’lon qilish paytida berish mumkin, bunda har bir qator qiymatlari figurali qavsga olinadi.

class test{
public static void main(String args[]) {
int kup_mas[][]= {
{3,5,7,12,43,65},
{56,76,34,9,122,5},
{43,12,4,21,7,9}
};
int rez;
rez = (kup_mas[1][2]);
System.out.println (rez);
}
}

Natija 34 ga teng, ya’ni ikkinchi qator, uchinchi ustun qiymati chiqarilmoqda. Agar shunday e’lon qilsangiz, bu tip massiv matritsa ekanligini yaqqol ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.