Bu maqolamda, java dasturlash tilida ko‘p ishlatiladigan operatorlar(solishtirish operatorlari, mantiqiy operatorlar, o‘zlashtirish operatori) haqida yozib o‘taman. Bit bilan ishlaydigan operatorlarga qaraganda, bu maqoladagi operatorlar barcha dasturlarda uchraydi.

Solishtirish operatorlari.

Solishtirish operatorlari ikki operandlarni bir-biri bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Odatda, solishtirish operatorlar, shart berish operatori(if), sikl(while, for) amallari bilan birga ishlatiladi.

Bu operatorlarning natijasi ikki xil qiymat(mantiqiy tip) qabul qilishi mumkin: true(rost), false(yolg‘on).

Java dasturlash tilida quyidagi solishtirish operatorlari mavjud:

== — teng

!= — teng emas

> — katta

< — kichik

>= — katta yoki teng

<= — kichik yoki teng.

Teng (==) va teng emas (!=) operatorlari orqali barcha tiplarni solishtirish mumkin(butun va haqiqiy sonlar, simvollar va boolean tiplari), qolgan operatorlar orqali faqat butun, haqiqiy va sivollli tiplarni solishtirish mumkin bo‘ladi. Misol ko‘ramiz,

class test{
public static void main(String[] args){
int a=5;
int b=3;
boolean c;
c=a==b;
System.out.println(c);
}
}

oper_1

Ikkita «int» tipidagi o‘zgaruvchi e’lon qilinib, mos ravishda «3» va «5» sonlari o‘zlashtirildi. Shundan so‘ng «boolean» tipida «c» o‘zgaruvchi yaratildi, undan so‘ng eng qizig‘i boshlandi. «a» va «b» o‘zgaruvchi solishtirilmoqda(a==b), solishtirishga e’tibor bering, ikkita tenglik belgisi yozilmoqda. Biz billamizki solishtirish operatori qiymati false yoki true bo‘ladi. Demak, 5 soni 3 ga teng emas, natija false. Shu false natija «c» o‘zgaruvchiga o‘zlashtirilmoqda va ekranga «c» o‘zgaruvchi qiymati chiqarish operatori ishlatildi.

Mantiqiy operatorlar.

Mantiqiy operatorlar natijasi true yoki false bo‘lgan operandlar ustida amalga oshiriladi. Bu operatorlar quyidagilardan iborat.

&&(&) — mantiqiy VA(AND, I).

||(|) — mantiqiy YOKI(OR, ILI).

^ — mantiqiy XOR(YOKI inkori)

! — mantiqiy YO‘Q(NOT, NE)

|| — qisqartirilgan YOKI(OR)

&& — qisqartirilgan VA(AND)

Bu operatorlarning ba’zilari bilan oldingi maqolalardan tanishsiz. YUqoridagi operatorlarni ishlatganda, ikki operand qiymatiga asosan, quyidagi natijalarni olish mumkin.

oper_2

Endi dasturlash tilida aynan shu operatorlarga oid misol ko‘ramiz.

class test{
public static void main(String[] args){
boolean a=true;
boolean b=false;
boolean c,d,f,e;
c=a&b;
d=a|b;
f=a^b;
e=!a;
System.out.println("a&b="+c);
System.out.println("a|b="+d);
System.out.println("a^b="+f);
System.out.println("!a="+e);
}
}

oper_3

Misolni tushuntirib o‘tirishga xojat yo‘q deb bilaman, hamma kodlar yuqoridagi tushuntirishlardan kelib chiqib ishlamoqda.

O‘zlashtirish operatori.

Agar maqolalarni o‘qib borayotgan bo‘lsangiz, o‘zlashtirish operatori bilan tanishsiz deb o‘ylayman. Dasturlashda bu operator tenglik(=) belgisi bilan ifodalanadi. Asosiy vazifasi biror o‘zgaruvchiga qiymat berish(kompyuter xotirasiga biror qiymat yozib qo‘yish). O‘zlashtirish operatori zanjir ko‘rinishida, qiymatlarni o‘zlashtirishi ham mumkin.

int a, b, c;
a=b=c=100;