Oldingi maqolada JDK paketini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘tdim, keling endi shu paketni ishlayotganini tekshirib olamiz. Uning uchun «Командная строка» oynasini ochamiz (win+R->CMD) va «javac» buyrug‘ini teramiz, so‘ng ENTER tugmasini bosamiz.

cmd_1

Javac — bu java kompilyatordir, qaysiki java kodni bayt kodga aylantirib beradi. Javac boshqa utilitlar kabi «bin» katalogida joylashgan bo‘ladi. Agar hamma narsa to‘g‘ri qilingan bo‘lsa, yuqoridagi rasmda keltirilgan yozuvlar chiqishi lozim, aks hold oldingi maqolani qaytadan o‘qib chiqing(agar «Javac не является внутренней или внешней командной, исполняемой программой или пакетным файлом» kabi xatolik chiqsa, «Переменные среды«ni tekshirib chiqing). Bu yozuvlar kompilyatorning kalit so‘zlari bo‘lib, bizga yordam tariqasida tushuntirib chiqilmoqda.

Tekshirib oldik, endi Java tilida biror kod(dastur) yozib, «Командная строка«da ishlatib, natija olib ko‘ramiz. Dastur yozish uchun, istalgan yozuv muhitidan foydalanishimiz mumkin, masalan «Блокнот«. «Блокнот«ni ochamiz va ichiga quyidagi kodlarni yozamiz:

class test_java{
public static void main(String[] args){
System.out.println("HellO WorlD");
}
}

Bu bizning birinchi kodimiz. Bunda konsolda ekranga chiqarish komandasi(System.out.println) ishlatilmoqda. Dastur ekranga «HellO WorlD» yozuvini chiqaradi. Bu kodni chuqur muhokama qilib o‘tirmaymiz, hozir bu dastur ekranga yozuv chiqarishini bilsak bo‘ldi. Javada dasturlar klaslardan tashkil topgan bo‘ladi, misolda, klas nomi «test_java«dir. Yozilgan kodni test_java.java deb, biror joyga masalan, «D:\test» ichiga saqlaymiz. Bu yerda eng muhim jihat shuki, asosiy klas nomi bilan, fayl nomi bir xil bo‘lishi lozim, registr(katta-kichik harflar)larga ham ahamiyat berish shart.

Bu kod oddiy yozuv bo‘lib, hali dastur ko‘rinishiga kelmadi, protsessor ham bu yozuvni tushunmaydi. Bu kodni bayt kodga kompilyatsiya qilgandan so‘ng, kod, dastur ko‘rinishiga keladi va kompyuter uni tushunadi. JDK papkasida Javac nomli kompilyator mavjud bo‘lib, kodni kompyuter tushunadigan kodga o‘zgartirib beradi. Uning uchun «Командная строка«ni ochib, «test_java.java» faylimiz turgan adresga o‘tib olamiz, so‘ng «javac va kod yozilgan faylni(test_java) ko‘rsatamiz».

C:\> cd D:\test
D:\test> javac test_java.javac

Shundan so‘ng, fayl joylashgan papkada yangi «java_test.class» nomli fayl paydo bo‘ladi. Mana shu fayl dastur hisoblanadi. Oldin aytib o‘tganimizdek, java dasturini ishga tushirish uchun, java-mashina kerak bo‘ladi, bu ham «bin» papkada joylashgan bo‘lib, «java» deb nomlanadi. Yaratilgan dasturni ishga tushirish uchun, «java» va fayl nomini(kengaytmasiz) yozib, ENTERni bosamiz(paydo bo‘lgan fayl adresiga o‘tib olamiz).

cmd_2

Biz yozgan yozuv ekranga chiqdi.

Bu maqolada yozilgan kodni bayt kodga o‘tkazish va java-mashina yordamida dasturni ishga tushirishni «Командная строка«da ko‘rsatib o‘tdim, lekin biz kodlarni bu muhitda yozmaymiz, chunki dasturchilar uchun qulay bo‘lishi uchun, juda ko‘plab vizual muhitlar yaratilgan. Keyingi maqolalarda ulardan birini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘taman.