Massivlar bilan tanishib chiqdik, ularni e’lon qilish, elementlariga qiymat berish, yangi elementlar qo‘shish, mavjudlarini o‘chirish va massiv elementlar sonini bilish kabilarni o‘rgandik. Agar yuqoridagilarni birortasini bilmasangiz yoki tushunmasangiz, oldingi maqolani o‘qib chiqing. Sababi, bu maqolada massivlar bilan bevositv ishlaymiz, ya’ni massiga oid metodlarni ko‘rib chiqamiz.

{revese} Dastlab massiv elementlarini o‘zgartiramiz, ya’ni elementlarni teskarisiga almashtiramiz, oxirgi element birinchi, birinchi element oxiriga o‘tadi, qolgan elementlar ham shu asosida o‘zgaradi, ,bunda bizga reverse() metodi yordam beradi, misol

Natija: Pakhtakor Football Club,Football Club Valencia,Football club INTER,Manchester United Football Club

«mass» nomli massivning 3 ta elementi bor(elementlar 0 dan boshlanganligi uchun 4 ta), biz reverse() metodi orqali shu massivni ekranga chiqardik, bu holda massivning 3-elementi birinchi, 2-elementi ikkinchi, 1-elementi uchinchi, 0-elementi to‘rtinchi bo‘lib ekranga chiqmoqda. Demak, bu metod massiv elementlarini oyog‘ini osmondan qilib chiqarar ekan.

{sort} Massiv elementlarini qiymatlariga qarab alifbo tartibida saralash. Bu holda massiv elementi qiymatlari bosh harflari olinib saralanadi, agar bosh harflar bir hil bo‘lsa, ikkinchi harfga qaraladi. Misol ko‘ramiz:

Natija:

Manchester United ,INTER, Valencia,Pakhtakor

Valencia,INTER,Manchester United ,Pakhtakor

Misol juda sodda, natijaga ham kutilgan qiymat chiqdi, misolni tushuntirib o‘tirish shart bo‘lmasa kerak, keyingi metodga o‘tamiz.

{join} Odatda massiv elementlari vergul yordamida ajratiladi, lekin bu vergul simvolini istalgan boshqa simvolga o‘zgartirish mumkin, bu nima uchun kerak? ba’zan massiv elementi qiymatlarida vergul(,) ishlatilishi mumkin, shu holda, massiv elementlarini ajratib olish uchun, boshqa simvolni ajratuvchi qilib olish qulay hisoblanadi, misol uchun dollar($) belgisini.

Natija:

Manchester United,INTER,Valencia,Pakhtakor

Manchester United.INTER.Valencia.Pakhtakor

Manchester United$INTER$Valencia$Pakhtakor

Manchester United_INTER_Valencia_Pakhtakor

Massivga oid asosiy metodlarni ko‘rib chiqishni davom ettiramiz, keyingisi massivlarni qo‘shish metodi.

{concat} Oldingi maqolada qo‘shish «+» belgisi yordamida massivlarni qo‘shib ko‘rgan edik, natijada massiv elementlari qo‘shilmay, faqat element qiymatlari birlashtirilgan edi, endt ikkita massini qo‘shib uchinchi massiv hosil qilib beradigan metodni ko‘rib chiqamiz, ikkita massiv e’lon qilinib, unga qiymatlar beriladi va metod ishlatilib shu ikki massiv asosida uchinchi massiv hosil qilinadi.

Natija:

Rooney,Young,Valencia,SmallingDe Xea,Carrick,Mata,Fellaini

Rooney,Young,Valencia,Smalling,De Xea,Carrick,Mata,Fellaini

Natijadan ko‘rinib turibdiki, «+» orqali massiv qo‘shilsa, elementlar faqat birlashtirilar, agar concat() metodini ishlatsangiz, massivlar rostakam qo‘shilar ekan, bunda birinchi massivga ikkinchi massiv qo‘shilmoqda, agar teskarisiga yozsangiz(manutd2.concat(manutd1)), ikkinchi massivga birinchi massiv qo‘shilganini ko‘rishingiz mumkin.

{slice} Navbatdagi metod, massiv elementlarini kesib olish uchun ishlatiladi, istalgan joydan istalgancha element kesib olish mumkin. Metodga qiymat sifatida boshlang‘ich va oxirgi element beriladi, shunda element belgilangan joyni kesib beradi.

Natija:

Asosiy tarkib: Rooney,Young,Valencia,Smalling,De Xea

Zahira: Carrick,Mata

Darvozabon: Valencia

Jarohatli o’yinchi: De Xea,Carrick,Mata,Fellaini

Oxirgi natijadan shuni anglash mumkinki, agar massiv elementlarini mavjud emasini bersangiz, brauzer bu qiymatni tashlab yuborar ekan, ya’ni xato sifatida ko‘rsatmaydi.

Aleksandr Papov’ga Raxmat aytgan holda, ushbu darsimizni ham tugatamiz.