Bu maqolada MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o‘rnatish va sozlashni ko‘rsatib o‘taman. Sun firmasini Oracle sotib olgandan so‘ng, MySQL ham butunlay o‘zgarib ketti va 5 versiya o‘zgacha qiyofaga keldi, ya’ni mukammallashtirildi. Maqolada Windows 7 operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan MySQL 5.6.20 versiyasini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘taman.

Dastlab, MySQL 5.6.20 versiyasini uy sharoitida ishlash uchun mo‘ljallangan MySQL Community Server dasturini internetdan ko‘chirib olamiz(nimaga aynan Community Server). Bu dasturning hajmi 248.2 megabaytni tashkil qiladi(32, 64 bitlik tizmilar uchun).  Ko‘chirib olgandan so‘ng, «mysql-installer-community-5.6.20.0» faylini ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko‘ramiz.

mysql_install_1

 

 Install MYSQL Products yozuvini bosib, o‘rnatishni davom ettiramiz.

mysql_install_2

Litsenziyaga oid matnni o‘qib chiqamiz(:)) va barsha shartlarga rozi bo‘lamiz — I accept the license terms.

mysql_install_3

Dasturni yangilash yo‘llari so‘ralmoqda, bizga yangilashning umuman keragi yo‘q(hozirgi holatda), shuning uchun «Skip the check for updates» ni belgilaymiz.

mysql_install_4

O‘rnatilish tiplari so‘ralmoqda, ular quyidagilar:

— Developer Defaults. Dasturchilar uchun mo‘ljallangan turi. Bunda MySQL serveri, dasturlash muhitlari, har xil kutubxonalar o‘rnatiladi.

— Server only. Faqat server qismi o‘rnatiladi, hech qanday qo‘shimcha narsalar o‘rnatilmaydi. Biz shu tipini o‘rnatamiz.

— Client only. Faqat kliyent qismini o‘rnatadi. Tarmoq orqali boshqa kompyuterdagi serverga ulanib ishlanadi.

— FULL. Nomidan ma’lumki barcha komponentlarni o‘rnatadi.

— Custom. Bu tipi professionallar uchun, ya’ni o‘rnatiladigan barcha komponentlarni o‘zingiz belgilab chiqasiz.

O‘ng tomonda qaysi adresga dasturni o‘rnatish kerakligi ko‘rsatiladi. NEXT

mysql_install_5

Tanlangan komponentalar ishlashi uchun kerak bo‘ladigan va o‘rnatilishi zarur bo‘ladigan dasturlar ro‘yxati uchun oyna. Bizning holda hech nima kerak emas, o‘rnatishni davom ettirishimiz mumkin. NEXT

mysql_install_6

O‘rnatilayotgan mahsulotlar ro‘yxati va EXECUTE

mysql_install_7

O‘rnatilish hatosiz amalga oshirildi. NEXT

mysql_install_8

O‘rnatilgan MBBTni sozlash jarayonini amalga oshirishni boshlash, NEXT

mysql_install_9

Config typeServer Machine(server o‘rnatilmoqda), Enable TCP/IP Networking — tarmoq orqali ishlash mumkin bo‘lishi uchun belgilaymiz va port raqamini ko‘rsatamiz. NEXT

mysql_install_10

Asosiy baza foydalanuvchisi «root» uchun parol beramiz, agar yana biror foydalanuvchi kerak bo‘lsa, «MySQL User Accounts» bo‘limidan yaratamiz. NEXT

mysql_install_11

Windows Service Name orqali xizmatga nom beramiz, agar kerak bo‘lsa, operatsion tizim yuklanganda baza xizmatini avtomat ishga tushirish(Start the MySQL Server at System Startup)ni tanlaymiz. Biror foydalanuvchi orqali xizmatni ishga tushirish lozim, buni «Standart System Account«ga topshiramiz.

mysql_install_12

Sozlashdagi o‘zgarishlar qabul qilinadi va sozlash xatosiz amalga oshirilgani haqida xabar beradi va Finish.