Oracle MBBTda yaratilgan ma’lumotlar bazasida bir necha jadvallar yaratish mumkin. Jadvallar, ma’lum bir turdagi axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan ustunlardan iborat bo‘ladi. Shu ustunlar asosida so‘rovlar amalga oshirib, kerakli axborotlarni ekranga chiqarish mumkin bo‘ladi.

Oracle MBBTdagi jadval ustunlari quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin:

VARCHA R2(n)(R2(n) VARCHA га қўшиб ёзилади) — simvollardan iborat o‘zgaruvchilar. «n» soni nechta simvol qabul qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Simvollarning umumiy uzunligi 4000 baytdan oshmasligi lozim. Minimum uzunligi esa 1 bayt. Bu tipdagi ustunga harflardan tashqari sonlarni ham kiritsa bo‘ladi, faqat sonlar ham simvol deb yuritiladi, ularni ustida matematik amallar bajarib bo‘lmaydi.

NUMBER — raqamlardan iborat bo‘lgan ustun turi. Nol, musbat, manfiy va kasr ko‘rinishidagi sonlarni saqlash uchun ishlatiladi. Aniqlik darajasi 1 dan 38 gacha bo‘lishi mumkin, ya’ni bu tipdagi ustunda maksimum 38 xonalik  sonlarni saqlash mumkin.

DATE — kun, oy yillarni saqlash uchun ishlatiladi. Bu ustun turining diapozoni, eramizdan avvalgi 4712 yil 1 yanvardan toki eramizning 9999 yilining 31 dekabrigachadir. Undan tashqari vaqt ham sekund aniqligida saqlanishi mumkin. Bu tip uchun 7 bayt ajratiladi: asr, yil, oy, kun, soat, minut, sekund. Bu tipga maska bermasangiz, ma’lumotlarni standart DD-MON-YY ko‘rinishida jadvalda saqlaydi: 13-NOV-92.

CHAR (n)— harflardan iborat matn saqlaydi. Maksimum 2000 ta simvolni saqlashi mumkin. Agar biror matn kiritsangiz. kiritgan matningiz o‘rnatilgan chegaradan kam bo‘lsa, oracle qolgan qismini probellar bilan to‘ldiradi. Bu degani, har doim char tipidagi ustun bir xil uzunlikda bo‘ladi deganidir.

FLOAT(n) — ANSI standarti asosida  kasr sonlarni o‘zida saqlaydigan, n aniqlikka ega son. Aniqlik darajasi 38 ga teng. Ikkilik tizimda aniqlik darajasi 126 ga teng.

INTEGER — musbat va manfiy butun sonlarni saqlash uchun ishlatiladi. Number tipiga sinonim hisoblanadi. Aniqlik darajasi 38 ga teng.

NCHAR(n) — Unicode kodirovkasida simvol tipidagi axborotlarni saqlaydi. n simvollar uzunligini bildiradi va maksimal uzundik 2000 baytga teng. Bu ham to’ldirish xususiyatiga ega. Kam simvol kiritilsa, maksimum qiymatgacha probellar bilan to‘ldiriladi.Char tipidagi axborotlarni Nchar tipida saqlash mumkin emas, teskarisiga ham.

NVARCHA R2((R2 NVARCHA га қўшиб ёзилади)) — Unicode kodirovkasida maksimal 4000 bayt simvollarni saqlay oladi, probellar bilan to‘ldirish xususiyatiga ega emas.

LONG — 2 gigabit uzunlikdagi simvollarni saqlash uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda ishlatish tavsiya qilinmaydi, uning o‘rniga LOB ishlatiladi.

RAW — qayta ishlanmagan, ikkilik tizimidagi axborotlar, maksimal uzundigi 2000 bayt.

ROWID — har bir qator uchun takrorlanmas(unikal) qiymatlar berish uchun ishlatiladi.

BLOB (binary large object)- katta hajmdagi ikkilik ob’yektlari uchun tip. Bu tip asosan rasmlarni, audio va videolarni, undan tashqari kompilyatsiya qilingan dastur kodlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.

CLOB, NCLOB — bu tiplar ma’lumotlar bazasida 4 gigabaytgacha bo‘lgan simvolli axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi. CLOB, ma’lumotlar bazasi qanday kodirovkada bo‘lsa, shunday holda saqlaydi, NCLOB esa milliy UNICODE kodirovkasida saqlaydi.

TIMESTAMP — DATE tipidan so‘ng, uning kamchiliklarini yopish uchun chiqarilgan tip. DATE tipidan asosiy farqi, vaqtni saqlashda aniqlik darajasining yuqoriligidadur. Aniqlik diopozoni 0 dan 9 gacha. 0 aniqlik darajasi DATE tipi bilan bir hil.

INTERVAL DAY — kun oraliqlarini saqlash uchun ishlatiladi. Ishlatilishi quyidagicha:

INTERVAL DAY(n) TO SECOND(x)

n — kunlik oraliq(0 dan 9 gacha bo‘lishi mumkin, odatiy holi 2)

x — sekund oralig‘i(0 dan 9 gacha, odatiy holi 6)

INTERVAL YEAR — yil va oy oralig‘ini saqlash uchun ishlatiladi. Ishlatilishi:

INTERVAL YEAR(n) TO MONTH(x)

n — yil oralig‘idagi raqamlar

x — oy oralig‘idagi son.

BINARY FLOAT(DOUBLE) — Binary float ikkilik 32 bitlik axborotlarni saqlaydi, binary double esa ikkilik 64 bitlik axborotlarni saqlaydi.