Oracle ma’lumotlar bazasiga oracle klient orqali ulanishni yana bir usulini ko‘rsatib o‘taman. Oldingi maqolada oraclening NET MANAGER utilitasi orqali ulanishni batafsil ko‘rsatib o‘tgan edim, endi “NET Configuration Assistent” utilitasi orqali oracle serverga ulanishni ko‘rsatib o‘taman.

2 usulni ham ko‘rib chiqib, uzingizga qulayini tanlab oling va ish davomida foydalaning. Demak boshladik, Oracle klient o‘rnatilgan kompyuterdan “Net Configuration Assistent” utilitasini tanlang.

netca_1

Hosil bo‘lgan oynadan, Local Net Service Name Configuration punktini belgilaymiz.

netca_2

Oracle serverdagi, ulanish kerak bo‘lgan baza nomini kiritamiz(bizning holda test bazasi).

netca_3

Qaysi protokol orqali ulanish kerakligini belgilaymiz(albatta TCP).

netca_4

Oracle server o‘rnatilgan kompyuter nomi yoki IP adresini Host Name degan punktga kiritamiz va uning quyi qismida ulanish uchun qaysi portdan foydalanishni belgilaymiz(1521).

netca_5

O‘zingizga qulay bo‘lgan nom berib, test bazasiga alias yaratamiz. Bu aliasdan siz test bazaga ulanishda foydalanasiz, ya’ni bazaga ulanishda test deb emas, uzingiz kiritgan nom bilan test bazasiga ulanasiz.

netca_6

Boshqa bazaga ulanishni amalga oshirish kerak emas deb, test bazasiga ulanishni yakunlaymiz.

netca_7

Oxirida bazaga ulanishni sozlash amallari tugaganligini bildiruvchi xabar chiqadi.

netca_8

Shundan so‘ng, Oracle uchun mo‘ljallangan biror utilita(sqlplus) yoki dastur(SQL developer, PL/SQL developer) orqali Oracle serverdagi test nomli bazaga o‘zingiz yaratgan alias orqali ulanishingiz mumkin bo‘ladi.