Ko‘p saytlarda Windows 7 operatsion tizimini o‘rnatish haqida maqolalar mavjud, ba’zi birlari nomiga yozilgan, ba’zilari tushunarsiz yozilgan, foydalanuvchilar uchun yozilganlari kam. Shunday bo‘lsa ham, bu maqolalarning ko‘pi rus tilida. Shu sababli, maqolani o‘zbek tilida, imkon qadar tushunarli yozishga harakat qilaman. Biz Windows 7 Ultimate 64x operatsion tizimini o‘rnatamiz.

Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni biosda ko‘rsatib o‘tamiz, ya’ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bunday qilish qo‘lingizdan kelmasa, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomat disk o‘qiladi(ko‘p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi.

windows7_111

Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishiga zamin yaratamiz(zamin yaratamiz :) ). Zamin yaratgandan so‘ng, quyidagi oynaga duch kelamiz.

windows7_1

Rus tilini tanlaymiz, chunki o‘zbek tili yo‘q. Далее

windows7_2

Установить

windows7_3

Albatta, litsenziya shartlariga rozi bo‘lamiz, Далее

windows7_4

Yangilash yoki to‘liq o‘rnatishdan biri tanlish kerak bo‘ladi, biz «Полная установка«bo‘limini tanlaymiz. Chunki o‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerak.

windows7_5

Kompyuterga ulangan disklarni qism(razdel)larga bo‘lamiz. Bizning holda bitta disk mavjud, bu diskni kamida ikkiga bo‘lish shart, asosiy qism(tizim fayllari joylashadi), ikkinchisi zaxira qism(yuklanturguvchi(windows loader, bootmgr) dasturi joylashadi).

«Создать«yozuvi orqali diskni bo‘lamiz, zaxira qism o‘zi avtomat hosil bo‘ladi. 20000Mb asosiy qismga ajratdim, Windows 7’da zaxira qism 100mb’ni tashkil qiladi. Qolgan joy(10.5Gb) bo‘sh qoldirildi. Mening diskim kichik bo‘lgani uchun, asosiy qismga kam joy berdim(20gb atrofida), siz bunday qilmang, kamida 40gb joy ajrating. Chunki operatsion tizim(Windows 7 Ultimate) taxminan 11 Gb joy oladi.

windows7_6

Shundan so‘ng, fayllar ko‘chirilishi va ularni ochib, o‘rnatilish boshlanadi.

windows7_7

O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi.

windows7_8

Shundan so‘ng, foydalanuvchi nomiga parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi. Далее

windows7_9

Mahsulotning kaliti va pastki qismida avtomat yangilanishni yoqish(avtomat yangilanish haqida) haqida xabar.

windows7_10

Xavfsilkni yoqish, odatda man bu parametrni o‘chirib qo‘yaman, havfsilik masalasini antivirus orqali hal qilaman va sizga ham shuni maslahat beraman.»Отложить решение«.

windows7_11

Vaqt, kun, soat o‘rnatiladi, Далее

windows7_12

Shu bosqichdan so‘ng, o‘rnatilish yakunlanadi, tizimni ishlatish mumkin.