WordPress’da temalar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldik, endi keyingi qadamni tashlaymiz, ya’ni plaginlar haqida gaplashamiz. Plaginlar nafaqat WordPress’da, balki boshqa CMS va dasturlarda ham ishlatiladi, lekin boshqa nom bilan, misol uchun:

Joomla -> «Расширения«

WordPress -> «Плагин«

Chrome -> «Расширения«

Mozilla -> «Дополнения«

Ko’rib turganingizdek, hattoki brauzerlarda ham bu tushuncha bor. Endi unga ta’rif beramiz.

WordPress plagin bu — WordPress CMS’da qilingan sayt imkoniyatlarini oshiruvchi, qo’shimcha xizmatlar hosil qiluvchi, saytni mukammalashtiruvchi script’lar yig’indisi yoki fayllardan tashkil topgan modul desa ham bo’ladi.

Saytlarni plaginlarsiz ham ishlatish, plaginlar bajaradigan vazifalarni qo’lda(kod yordamida) qilish ham mumkin, lekin bunga vaqt, bilim kerak bo’ladi. Plaginlarni afzalliklari:

— barcha vazifalar uchun plaginlar mavjud;

— ularni boshqarish va sozlash qulay;

— dasturlash tillarini bilish shart emas, barchasi «click» orqali bo’ladi;

—  hajm jihatdan unchalik katta emas;

— bir paytning o’zida bir necha plaginlarni ishlatish mumkin.

Endi kamchiliklarini sanab o’taman:

— ba’zi plaginlar bir-biri bilan chiqishaolmaydi;

— plaginlarni doimiy tarzda yangilab(Update) qilib borish kerak;

— sayt ishlashini biroz sekinlashtirishi mumkin.

Umuman olganda foyda tomonlari ham zarar tomonlari ham yetarlicha, shuning uchun faqat eng kerakli plaginlarni ishlatish lozim, qolgan qo’shimcha ishlarni kod orqali bajarishga harakat qilish kerak.

WordPress qo’yildi, saytga mos tema topildi, endi navbat plaginlarga keldi. Plaginlar sayt mavzusi, berilgan topshiriq asosida tanlanadi.

Shunday bo’lishiga qaramasdan, qanday sayt bo’lishidan qat’iy nazar ba’zi plaginlarni har doim o’rnatishni tavsiya qilaman. bular unchalik ko’p emas, lekin foydasi katta. Meni fikrim bo’yicha, barcha saytlarda quyidagi plaginlar bo’lishi kerak, yoki ularning alternativ variantlari.

Rus-To-Lat. URL adreslarda uchragan kiril harflarini avtomat lotin harflariga o’zgartirib beradi.

— Akismet. Spamlardan himoya qilish uchun plagin(WordPress bilan birga bo’ladi).

All in One Seo — Seo uchun foydali plagin.

Login LockDown — admin panelni himoya qilish uchun plagin.

Wp-Mail-SMTP — pochta hizmatini smtp orqali jo’natish, agar xostingda mail() funksiyasi o’chirilgan bo’lsa.

Yuqoridagi plaginlarni o’rnatishni faqat tavsiya qilaman, bu meni fikrim, majbur degani emas.

WordPress plaginlarni https://ru.wordpress.org/plugins/ adresdan bepul olishingiz mumkin. Bu saytda mavjud bo’lmagan, dasturchilar tomonidan yaratilgan plaginlar ham bor. Bunday plaginlar pullik bo’lishi ham mumkin. Shuni aytishim mumkinki, murakkablik darajasi yuqori bo’lgan saytlar yaratish uchun, yuqoridagi adresdagi plaginlar yetarli bo’ladi.

Yana bir narsa, boshqa CMS’dagi plaginlar Worpdress’ga tushmaydi, shu bilan birga WordPress plaginlari ham boshqa CMS’larga tushmaydi.

Keyingi darslarimizda, plaginlarni o’rnatish va sozlashlari ko’rsatib o’taman, ishni tavsiya qilgan plaginlarni o’rnatishdan boshlaymiz.