WordPress darslarini davom ettiramiz, bu darsimiz ham oldingilaridan qolishmagan holda nazariy tarzda bo’ladi, ya’ni WordPress CMS’da ko’p uchraydigan terminlar(so’zlar, kalit so’zlar,..)ni tushuntirib o’taman. Bularni albatta bilib olish lozim, unchalik qiyin emas, tarjimasini bilib olsangiz hech qanday muammoga duch kelmaysiz.

Записи(posts) — ma’lum bir turdagi yozuvlar(maqolalar), matn ko’rinishida, rasm ko’rinishida, video ko’rinishida va xakazo. Yangiliklar sayti bo’lsa, bu bo’limda yangilik matnini kiritasiz, sayt blog ko’rinishida bo’lsa, blogpost kiritasiz, video portal bo’lsa, video’larni kiritasiz, xullas sayt kontenti shu joyda kiritiladi, odatda «post» deb yuritilaveradi.

Рубрики(categories) — bo’limlar, saytdagi barcha bo’lim nomlari, boshqacharoq aytganda, bo’limlar mavzularni qismlarga ajratib beradi, bitta bo’limda bir necha maqolalalar bo’lishi mumkin, lessons.itportal.uz saytida bo’limlar quyidagilardan iborat: HTMl, CSS, JavaScript,…

7_1

Метки(tags) — belgilar(kalit so’zlar), postlar kalit so’zlar orqali tartiblanadi va ularni topish yengillashadi. Bitta postga bir necha belgilarni bog’lash mumkin, ushbu saytdagi belgilar:

7_2

Медиафайлы(media) — mediaga oid barcha fayllar kiradi, ya’ni rasmlar, audio, video fayllar. Saytda bu tipdagi fayllar bir nechta bo’lishi mumkin. WordPress’da bularni boshqarish shu nomdagi menyuga topshirilgan.

Миниатюры(thumbnails) — mediafayllarning bir qismi, ya’ni rasmlardir. WordPress’da bitta rasm bir necha o’lchamda saqlanadi, sababi ular har xil joylarda, har xil o’lchamlarda ishlatiladi, misol uchun post’dagi rasm, widjetda ham ishlatilishi mumkin, faqat kichikroq o’lchamda.

Страницы(pages) — sahifalar, sahifalar sifatida bog’lanish formalari, sayt haqida, muallif haqida, FAQ kabilar bo’lishi mumkin.

Темы(themes) — tema, shablon, qolib desa ham bo’ladi. Saytning asosiy strukturasi, menyular, postlar, vidjetlar qayerda, qay holda chiqishini o’rnatgan shablonlar aniqlab beradi(o’zgartish mumkin, lekin biroz dasturlashdan habaringiz bo’lishi kerak). Shablonlarni asosan https://wordpress.org/themes/ adresidan olishingiz mumkin, lekin bundan boshqa shablon ko’chirib olishingiz mumkin bo’lgan saytlar ham bor(bular haqida keyingi darslarimizda).

Плагины(plugins) — plaginlar, saytni u yoki bu qismiga qo’shimcha imkoniyatlarni qo’shadigan kichik scriptlar majmuasi. Plaginlarni ko’p ishlatish sayt ishlashini sezilarli sekinlashtiradi. Plaginlar umumiy holda(ko’p shablonlarga mos tushishligi uchun) yoziladi va ortiqcha kodlar ham mavjud bo’ladi. Shuning uchun saytga biror imkoniyat qo’shmoqchi bo’lsangiz, darhol plagin qidirishga shoshilmang, balki bu imkoniyatni o’zingiz kod orqali qilishga harakat qiling. Plaginlarni ko’p qismi  https://wordpress.org/plugins/ adresida bo’ladi.

Виджеты(widgets) — axborot beruvchi biror blok. Bu blok asosan saytning o’ng yoki chap qismida bo’ladi, lekin hozirda saytning pastki qismlarida ham vidjetlarni ishlatish modaga aylangan. Vidjetlarda oxirgi qo’shilgan postlar, ko’p izoh yozilgan postlar, ijtimoiy tarmoqqa oid ma’lumotlar(guruhlar, do’stlar, ..), obuna bo’lish formalari va boshqa ko’plab axborotlarni berishi mumkin, ushbu saytdagi vidjetlar:

7_3

Комментарии(comments) -postlarga yozilgan izohlar, odatda postlarning oxirida berib boriladi, WordPress’da bu termin uchun alohida menyu mavjud bo’lib, u yerda sayt administratori izohlarni boshqarishi (o’chirish, o’zgartirish, qo’shish) mumkin bo’ladi. Izohlar uchun alohida forma bo’lib, postning quyida joylashadi.

7_4

Профиль(profile) — foydalanuvchi haqida ma’lumot beradigan tushuncha. WordPress’da, bu termin foydalanuvchi nomi, uning e-mail adresi, darajasi(administrator, yozuvchi, to’g’irlovchi) kabi boshqa malumotlarni ham berishi mumkin.